“Yashin qaytargich odam”: Amerikalik erkakni yetti marta chaqmoq urgan

AQShlik Roy Sallivanni 7 marta chaqmoq urgan, ammo u tirik qolgan. Ushbu fakt tufayli Sallivan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Shundan so‘ng Sallivan “Yashin qaytargich odam sifatida tanildi.

Roy Sallivan 1912 yilda AQShning Virjiniya shtatida tug‘ilgan. 24 yoshida u Shenandoa milliy bog‘iga xavfsizlik inspektori vazifasiga ishga kirdi.

Park qo‘riqchisi bo‘lib ishlagan davrida Sallivan bir necha marta xavfli vaziyatlarga duch keldi.Jumladan, 1942 yilda Roy yong‘in minorasida chiqqan paytida birinchi marta chaqmoq uning oyog‘iga urib, tirnog‘ini yirtib tashladi.

1969 yil. Birinchi voqeadan 27 yil o‘tib, tog‘ yo‘li bo‘ylab yuk mashinada ketayotgan erkakni chaqmoq urdi. Sallivan hushini yo‘qotdi, qosh-kipriklarikuyib qolib, sochi yonib ketdi. Baxtiga, boshqaruvdan chiqqan yuk mashinasi qoya yonida to‘xtab qoldi.

1970 yil. Yashin uchinchi marta Royni o‘z hovlisida “tutib olib”, uning chap yelkasini kuydirdi.

1972 yil. Chaqmoq yana boshidagi sochlarni yondirdi. Shundan so‘ng Sallivanda qo‘rquv paydo bo‘ldi. U noma’lum kuch uni o‘ldirmoqchi ekanligiga ishona boshladi. Bo‘ron paytida u yo‘l chetiga chiqib, stixiya tinchlanguncha kutdi.

1973 yil. Chaqmoq yana sochlarini yondirib, oyoq kiyimini uloqtirib yubordi. U hushidan ketgudek bo‘ldi, biroq har ehtimolga qarshi har doim o‘zi bilan olib yura boshlagan suv to‘ldirilgan kanistryoniga sudralib borib, boshidagi olovni o‘chirdi.

1976 yil. Chaqmoq uning to‘pig‘ini shikastlab, sochiga yana o‘t qo‘ydi.

1977 yil. Bu oxirgi chaqmoq urishi edi. Sallivan baliq ovlash paytida jarohatlandi, yashin uningko‘krak qafasiga tegdi, yana sochini yoqib yubordi. Ayni shu vaqtda unga ayiq yaqinlashdi, lekin milliy bog‘ qo‘riqchisi uni haydab yuborishga muvaffaq bo‘ldi.

Sallivanning chaqmoqni o‘ziga jalb qilishqobiliyatini bilgan odamlar uning yonida bo‘lishdan qo‘rqishardi. Bu holat esa uni juda xafa qilardi.

Roy Sallivan 1983 yilning kuzida vafot etdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.