YHX hamda transport boshqarmalari hamkorlikda seminar o‘tkazdi
“Hamkor trans” MChJ avtobus saroyida viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Nosirov va transport boshqarmasi boshlig‘i I.Xamrayev Samarqand shahrida avtobuslarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini hamda yo‘lovchi tashish madaniyatini yaxshilash maqsadida seminar o‘tkazdi.
Seminarda Samarqand shahrida avtobuslarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtobus korxonalari rahbarlari, tibbiyot xodimlari, navbatchi mexaniklar va haydovchilar ishtirok etdi.
Tadbirda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, yo‘llarda haydovchilik madaniyatiga va yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘nalishga chiqarishdan oldin transport vositalarini texnik holati, tozaligi, haydovchilarning tashqi ko‘rinishi, muomala madaniyati masalalari muhokama qilindi.
Haydovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Viloyat YHXB mutasaddilari avtobuslarning yo‘nalish oldidan tekshirilishi, avtobuslar salonining tozaligini ko‘zdan kechirishdi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.