Yiliga bir marta ochiq dars o‘tgan muallimni “qahramon”, deyish mumkinmi?

O‘qish va uqish kelajakning bugungi muammosi. Jamiyatning hamma bosqichi va hamma davlatda ham bu o‘zgarmas qoida.

Demak, buning uchun eng avvalo bolada ilm olish uchun ehtiyojni shakllantirish, ilmli o‘quvchini rag‘batlantirish, kasb egallashda maqsadli qiziqishni uyg‘otish lozim. Masalaning ikkinchi tomoni bilim beruvchiga sharoit yaratish va uning fidoyiligini rag‘batlantirish bilan bog‘liq.

“Sifatsiz dars – kelajakka xiyonat” talabida dars berayotgan muallim davrimizning Qahramoni.

Muallimga avval tegishli sharoitni yaratib, so‘ng aniq vazifa qo‘yish payti keldi. Ya’ni, uning har bir darsi ochiq bo‘lsin, unda ota-ona va jamoatchilik vakillari ishtirok eta olsin. Yiliga bir marta ochiq dars o‘tgan muallimni qahramonga aylantirmaylik.

Mahmud BOBOYoROV,

pedagogika fanlari nomzodi.