Yo‘lbars yili: 2022 yil haqida munajjim bashorati

 Yil egasi - yo‘lbarsning unsuri Suv bo‘lib, Moviy deb qo‘shib ataladi. Uning «hukmronligi» 1 fevraldan boshlanib, o‘n ikki oydan biroz kamroq davom etadi - 2023 yil 23 yanvarda tugab, Maymun yiliga yo‘l beradi.

Bu yil ham professional, ham shaxsiy sohada yuksak istiqbolga ega voqealarga boy, qiyin, ammo qiziqarli va hayajonli davr kutmoqda. Xo‘sh, yo‘lbars nimalar tayyorlamoqda?

Moviy suv yo‘lbarsining ikki unsuri haqida

Yilning belgilovchi unsuri Suv bo‘lishiga qaramay, ikkinchi - daraxt unsuri ham ta’sir etadi. Aynan ana shu fakt munajjimlarga kelgusi yil avvalgi ikki yilga qaraganda odamlarga xayrixoh bo‘lishiga umid bag‘ishlamoqda. Chunki tabiatda suv daraxtni oziqlantirib, uning nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Daraxt esa, o‘z navbatida, kislorod ishlab chiqaradi va havoni namlikka aylantiradi, bulutlarda to‘planib, yomg‘ir yog‘adi – shu tariqa Yerda hayot davom etadi…

Moviy suv yo‘lbarsining xususiyatlari

Kelgusi yil egasining asosiy va, ehtimol, yuzadagi xislatlari - bu go‘zallik va olijanoblik: u past ishlarga yo‘l qo‘ymaydi, birovnikini olib qo‘yishdan ko‘ra o‘zinikini berishni afzal ko‘rgani kabi bepoyon shohona xatti-harakatlarni sevadi – aks holat uning qadr-qimmati haqidagi tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Yo‘lbars aristokratik xulq-atvorga ega bo‘lib, Xitoy goroskopining boshqa belgi vakillaridan ajralib turadi.

O‘zaro munosabatlarda yil egasi his-tuyg‘uli va ehtirosli, sayohat va sarguzashtlarni yaxshi ko‘radi, hayotiy va professional tavakkalchilikdan qo‘rqmaydi. Biroq bunda boshi bilan suvga sho‘ng‘imaydi, balki tahlikali barcha harakat oqibatlarini hisobga olgan holda qaror qabul qiladi. Bu belgi vakillari atrofdagilar tahsin va olqishlarini hush ko‘rgani sayin oliyjanob ishlarni ko‘proq qilaveradi.

Biroq, yuqorida aytilganlarning barchasi Yo‘lbars kamchiliklarsiz degani emas. Ularga, birinchi navbatda, oldindan aytib bo‘lmaydigan xislati kiradi: hech kim - ko‘pincha o‘zlari ham, keyingi holatda nima deyishi yoki nima qilishini bilmaydi. Aynan shu kutilmagan xatti-harakatlar raqib yoki raqobatchilarni chalkashtirib yuborishga va u oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishga imkon beradi.

Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, yo‘lbars keskin vaziyatda tiya olmagan va bosishni istamagan jahldorligini namoyon qilishi va oqibatda yaqinlariga zarar yetkazishi mumkin. Tan olish kerakki, yil «shoh»i hech qachon bunday xarakterni to‘g‘ri kelgan, kerak bo‘lmagan joyda namoyon qilib ketavermaydi va tishlarini quyushqondan chiqarsagina ko‘rsatadi.

Yo‘lbarsi yilida ish va muvaffaqiyat

Yo‘lbars yilida ko‘pchilik dunyo so‘nggi paytlarda keskin o‘zgarganini, shuning uchun muvaffaqiyat asosan yangi ish sharoitlariga moslashishga tayyorlarni kutishini nihoyat tushunamiz. Kasb-korini o‘zgartirib, kuch va qobiliyat uchun yangi suyanch nuqtalarini izlashga to‘g‘ri keladi. Yo‘lbars sevimli mashg‘ulotga jiddiy e’tibor berishni tavsiya qiladi, ayniqsa u qo‘l mehnati va ijodkorlik bilan bog‘liq bo‘lsa «yangi dunyo»da bu juda qadrlanadi.

Yo‘lbarning shaxsiy hayoti

Yo‘lbars ko‘pchilik o‘ylagandek yolg‘izlik tarafdori emas: u o‘z oilasini juda qadrlaydi va oila bilan bog‘liq qadriyatlarni hamma narsadan afzal ko‘radi. Kelgusi yilda, hatto umidini uzganlarga ham juftini topishga umid bag‘ishlaydi. Bundan tashqari, yil hayvoni yangi yilda boshlangan munosabatlar nihoyatda muvaffaqiyatli va mustahkam bo‘lishini va’da bermoqda. Ayniqsa, shu yilda turmush qurganlar uchun «ular uzoq va baxtli hayot kechirishdi» kabi ajoyib gapni qo‘llash mumkin.

Aytgancha, bu ma’noda, yil egasi, qat’iy harakatlar tarafdori sifatida, hal qiluvchi vaziyatda ko‘ngil qo‘ygan kishining muhabbat izhor etishi yoki qo‘lingizni so‘rashini kutib o‘tirmasdan, qat’iy harakat qilishni maslahat beradi. Qani, oldinga! Keyin yuragingizdagi odam buni qanchalik kutganini ko‘rib hayratdan yoqa ushlaysiz.

Biroq, shuningdek, munajjimlar kelgusi yil ajralish va vidolashuvsiz o‘tmasligi haqida ogohlantiradi. Gap shundaki, yil egasi yolg‘on va xiyonatga toqat qilmaydi, shuning uchun uzoq vaqtdan beri yolg‘on va ishonchsizlikka qurilgan va allaqachon tagzamini «nuragan» bunday oilalarni buzilishiga qarshilik qilmaydi.

Moviy suv yo‘lbars yilida salomatlik

Sog‘lik nuqtai nazaridan, yo‘lbars profilaktika choralarini qo‘llashni qat’iy tavsiya qiladi. Yo‘lbars doim harakatda, shuning uchun jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat beriladi. Sport yil bo‘yi yo‘lbarsdek quvvat, salomatlik va kayfiyat bag‘ishlaydi. To‘g‘ri va kuch-quvvat beruvchi taomlar iste’mol qilish ham qo‘llab-quvvatlanadi. Agar, shunga qaramay, tana "halokatli signal" bersa, yil egasi shoshilinch ravishda ularga maksimal darajada e’tibor talab qiladi.

Xullas, yo‘l-yo‘l yirtqich yili juda turlanuvchi, asosan quvnoq ranglardan iborat bo‘lishini va’da bermoqda. Axir yirtqich hukmdorning qora chiziqlaridan ko‘ra ochiq va yorqin ranglari ko‘pligi bejiz emas.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.