Yong‘in sodir bo‘lgan uydan ikki kishining jasadi topildi
- 05.12.2019 11:55
- 207
- Hodisa
2019 yilning 3 dekabr kuni 06:20 da Andijon shahri Sanoat MFY, Temir yo‘l ko‘chasi, 120-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘limi xabariga ko‘ra, xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 4 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04:26 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida uyning 1,5 kvadrat metr maydonida pol qismi yongan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. va uning ayol tanishi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro V.S.ning tutundan dimiqqan holda jasadlari topilgan.
Yong‘inga qo‘lbola elektr isitish moslamasidan foydalangani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.