Yo‘qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?
- 20.12.2022 17:06
- 210
- Qonun va hujjatlar
Yo‘qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga o‘zi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Agar siz o‘zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadi va belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.
Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda so‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.