“Yosh kitobxon” tanlovining 2019 yilgi mavsumida necha yoshgacha bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin?
- 09.04.2019 11:33
- 1755
- O‘zbekiston
“Yosh kitobxon” tanlovining 2019 yilgi mavsumida ishtirok etish uchun hujjat topshirish davom etmoqda.
Tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Unda qatnashish istagida bo‘lgan yoshlar joriy yilning 15 mayiga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari yoki mahalliy kengashlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlar (tanlov anketasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxalari)ni taqdim etadi. Tanlov quyidagi uchta yosh toifasi bo‘yicha alohida tartibda o‘tkaziladi:
— 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar;
—15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar;
— 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
“Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etuvchi yoshlar o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy va mahalliy kengashlaridan olishi mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa