Yosh matematiklar g‘alabasi
Unda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi o‘quvchilari Maftuna Samatboyeva kumush, Doniyor Yazdanov va Shahzod Quraqboyevlar bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Shu munosabat bilan litseyda g‘oliblarni kutib olish va qutlash tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan SamISI prorektori, dotsent S.Toshnazarov, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov, litsey direktori A.Matlyubov va o‘qituvchilar bu g‘alaba zamirida tinimsiz mehnat va shijoat yotganini ta’kidladilar.
– Olimpiadada 11 nafar samarqandliklar ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 7 nafari bizning litsey o‘quvchilari hisoblanadi, – deydi murabbiy Dostonjon Aslanov. – Tanlovda oltita eng murakkab savollar berildi, beshinchi funksional tenglamalarga oid savolda o‘quvchilarimiz eng yuqori – 7 ballni egalladi. Bu ko‘rsatkich hakamlar tomonidan alohida e’tirof etildi.