Yoshlar tatuirovkalar shaydosiga aylanayaptimi?

Yaqinda Toshkentga borganimda metroda bir holatga ko‘zim tushdi. Ikki yigit yengil kiyimda, ikkisining ham qo‘l va bo‘ynida "jozibador" tatuirovkalar chizilgan. Jamoat joylarida yurish, o‘zini tuta bilmaslik holatlari ularda shundoq ko‘rinib turibdi.

Masalaning eng yomon tomoni shundaki, metrodagi qolgan ayrim yoshlar ularning tatuirovkalarini muhokama qilishar, ora-orada maqtab, qaysi biriniki zo‘rligini aytib, tortishib ham qolishardi.

To‘g‘ri, ertaga bu yoshlar ham tatuirovka "shaydosiga" aylanishadi degani emas, ammo bu yevropacha “madaniyat”ning o‘zga qalblarda ishtiyoq va qiziqish uyg‘otayotgani achinarli holat emasmi? Unutmang, tatuirovkalar millat sha’niga dog‘, shunday ekan bu kabi yot g‘oyalarga og‘ishmaylik.

Turg‘unboy Xidirov.

 

P/S: Bugungi kunda tatuirovkalar xorijlik yoshlarga juda urf bo‘lgan. Hatto ba’zi sportchilarning, san’atkorlarning tanasidagi tatuirovkalarni ko‘rib, Alloh bergan go‘zal vujudni qanday “bejaga”niga hayron qolasan kishi. Ma’naviyatimizga yot bo‘lgan bunday illatlarga qarshi doim kurashishimiz kerak. Aks holda xorij ommaviy axborot vositalarida afsus bilan yoritilayotganidek, bizda ham tatuirovkadan holi joyi qolmagan yoshlarning paydo bo‘lishi hech gap emas.