Yozuvingiz shaxsiyatingiz haqida nimalarni so‘zlaydi?
Zamonaviy dunyoda gadjetlar va turli klaviaturalar tobora kishi e’tiborini tortib, xizmat qilishga shay tursa-da, yozish qobiliyatiga bo‘lgan ehtiyoj o‘z ahamiyatini yo‘qotganicha yo‘q. Kimningdir ishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozuvlar bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqalari kundalik yuritadi, yana kimdir o‘z yaqinlariga xat yozishni yaxshi ko‘radi.
Qanday bo‘lmasin, maktabda ilk darslardanoq bolalar chiroyli yozishga o‘rgatiladi. Qoidalar hamma uchun bir xil – biroq keyinchalik har kimning “o‘z husnixati” shakllanadi. Nima uchun shunday bo‘ladi? Bu savolga yozuvlarni tahlil qilish orqali odamning fe’l-atvorini aniqlash san’ati - grafologiya to‘g‘ri javob berishi mumkin. Bugun biz u yoki bu turdagi yozuvlar nimani anglatishi haqida gaplashamiz.
Chap tomonga engashtirib yozilgan yozuv - o‘jarlik belgisidir. Bunday odam ba’zan ehtiyotkor, ba’zida qat’iyatsiz bo‘ladi.
O‘ng tomonga engashtirilgan yozuv - yorqin ongga ega bag‘ayrat kishi tabiatiga xosdir.
Batartib (saranjom) harflar – odamni faqat eng yaxshi tomondan tavsiflaydi, bu uning ish yuritishi va o‘zini to‘g‘ri tuta olishidan dalolat beradi.
Baland «bo‘yli» harflar - shaxsning aristokratizmlikka moyilligini anglatadi.
Sershox harflar – kishi xatti-harakatlarining mardonavorligi, jur’atliligini ko‘rsatadi.
Ko‘p ilmoqli yozuv egasi – o‘ziga ortiq darajada bino qo‘ygan.
Bir-biriga qo‘shilib ketgan harflar - kishining haddan tashqari xayolparastligi haqida gapiradi.
Yirik harflar – samimiy va ko‘ngli ochiq shaxslarga xosdir.
Burchakli (serqirra) harflar – xudbinlikdan ishora.
Yumaloq harflar – marhamatli kishilarga xos.
Siqilgan harflar – ziqnalikni tavsiflaydi.
Yirik-yirik va oralari ochilgan yozuv egalari - isrofgarchilikka moyil kishilardir.
Pastga qarab ketadigan qatorlar egasi o‘ziga past baho berishini anglatadi.
Tepaga qarab ko‘tarilish – izzattalablikdan dalolat.
Mayda yozuv – odamovi (damduz).
Bir tekis harflar – bamaylixotirlik haqida gapiradi.
Ingichka harflar – ilmiy faoliyatga iste’dod (qobiliyat) nishonasi.
Bu yozuvlarning eng keng tarqalgan turlari va ularning xususiyatlari edi. Albatta, faqat ushbu ma’lumotlarga asoslanib, odamning to‘liq portretini yaratish mumkin emas. Lekin o‘zingiz va yaqinlaringizni tahlil qilib, yozuv haqiqatan ham ularni tavsiflab beradimi yoki yo‘qmi, tushunib olishingiz mumkin. Bu qiziqarli bo‘lsa kerak!
B.Muhammadiyeva tayyorladi.