@zarafshonbot’ ga murojaat: Ko‘chamiz «la’natlangan»mi?!

Samarqand tumanining Jo‘yisoy mahallasi (sobiq «G‘alaba» kolxozi hududi)da yashaymiz.
Ikki yildan beri bizning va qo‘shni mahallalarda qurilish-ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi natijasida Usta Jo‘raqulov ko‘chasi keng va ravon yo‘lga aylandi, ayrim ichki yo‘llar ham asfaltlandi. Bundan mahalladoshlarimiz mamnun.
Ammo markaziy magistral ko‘chamizga juda yaqin joylashgan ikkita tor ko‘cha asfalt qilinishi u yoqda tursin, ta’mirlanmay qolib ketdi. Bu haqda tuman hokimligiga bir necha marta murojaat qildik. Lekin va’dadan nariga o‘tishmayapti.
Tuman hokimligi va mutasaddi idora rahbarlari bu ishning uddasidan chiqisholmaydi shekilli, umidimiz viloyat yo‘l qurilishi tashkilotidan. Ular yo‘limizni ta’mirlashadi, albatta, deb sizlarga murojaat qilyapmiz. Yo‘lsozlar boshqa yuqori idoralarga murojaat qilishimizga hojat qoldirmas...
Jo‘yisoy mahallasining "Parizod-1" va "Parizod-2" tor ko‘chalarida
yashovchi aholi nomidan nafaqaxo‘r Mirkamol Uzoqov.