«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 25 mart №38) sonida o‘qing
Koronavirus infeksiyasining respublikamiz hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yil 24 martdan boshlab viloyatlar va shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi avtobus va mikroavtobuslar harakati to‘xtatilganidan xabaringiz bormi? Respublikamiz bo‘yicha barcha turdagi ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, shuningdek, teatr, kino va konsert dasturlari hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishidan-chi?
***
“Park-ozero”mi yoki «Afsona». Bu yerdagi chinorlarga kim qirg‘in keltiryapti?
Suv havzasidagi daraxtlarni ruxsatsiz kesib tashlayotgan tadbirkorning tanobini tortib qo‘yishning iloji yo‘qmi? O‘tgan yili rosa shov-shuv bo‘lgan chinor kesish voqeasi ham shu yerda sodir bo‘lmaganmidi? Bunga qanday chora ko‘rilgandi? Axir voqelik ortidan Samarqand viloyati hokimligi kotibiyat mudiri hamda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimini ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha ma’muriy sudga murojaat qilingandi-ku!
***
Mahmudxo‘ja Behbudiyning nechta farzandi bo‘lgan? Uning shajarasi haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? Buyuk ma’rifatparvarning 1940 yilda tug‘ilgan nevarasi Nazirxon Behbudiy bugungi kunda mehnat faxriyi sifatida to‘rt nafar farzandi, ko‘plab nabiralari ardog‘ida yashab kelayotganini bilasizmi? Prezidentimiz bu yil Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasini keng nishonlashga alohida e’tibor qaratdi. Xo‘sh, yubiley asnosida buyuk bobokalonimizning uy-muzeyi hamda uning bosmaxonasini tiklash, «Ma’rifatparvarlar uyi»ga asos solish qay tarzda amalga oshiriladi?