Zarnews.uz’ga murojaat: Nomsiz, qishda loy, yozda chang ko‘chalarda yashayapmiz

Qariyb to‘rt ming yillik tarixga ega Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi. Bir-biridan ko‘rkam va chiroyli madaniy-maishiy inshoootlar, turarjoy binolari, aholi yashash maskanlari shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
Birgina, joriy yil oxirigacha viloyatda 340 kilometr ta’mirlanishi rejalashtirilayotgan obodonlashtirish ishlarining keng qamrov olayotganidan dalolat.
Ammo haligacha hokimliklar, soha rahbarlarining e’tiboridan chetda qolayotgan maskanlar bor. Shulardan biri yaqinda Samarqand shahri tarkibiga kiritilgan Quyi arabxona mahallasidir. Mahallaning Sug‘diyona maskanidan Tong ko‘chasigacha bo‘lgan ichki yo‘llari hanuz qishda loy, yozda tizza bo‘yi changga botib yotibdi.
O‘tgan yili Samarqand tumani hokimiga mahallaning ichki yo‘lini ta’mirlashni so‘rab qilgan murojaatimizga javoban “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan, yil oxiriga qadar ko‘chalar ta’mirlanadi”, deya bildirilgan xat olgandik. Shahar tarkibiga kiritilganimizdan kiyin ham natijadan darak yo‘q.
Ajablanarlisi, 20 yildirki, nomsiz ko‘chada istiqomat qilib kelyapmiz. Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tegishli komissiyalariga Quyi arabxona mahallasining biz istiqomat qilayotgan ko‘chasiga Yangi O‘zbekistonga mos, farovon turmushimizni aks ettiruvchi nom qo‘yish masalasida qilgan murojaatlarimizga ham amaliy yordam berilsa, maqsadga muvofiq bo‘larmidi?
Quyi arabxona mahallasining bir guruh fuqarolari.