Zelenskiy prezidentlik muddatini yakunlash arafasida. Suriyada xavfsizlik kengashi tuzildi. Havosi ifloslangan shaharlarning aksariyati Osiyoda

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatdagi faoliyatining so‘nggi bosqichida, deyiladi Financial Times gazetasida. Uning Vashingtonga muvaffaqiyatsiz tashrifi ortidan qator siyosatchilar, jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanganiga qaramay, parda ortida saylovlarga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Zelenskiyning 2024 yil mayida tugagan vakolat muddati harbiy holat va umumiy safarbarlik bahonasida uzaytirilgan edi.
🔹 Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun 37 davlatni qamrab oladigan ko‘pmillatli xavfsizlik rejasini ishlab chiqmoqda. Loyihaga ko‘ra, Yevropa, Osiyo va Hamdo‘stlik davlatlari Ukrainaning Rossiyadan uzoq muddatli mudofaasi uchun mablag‘, qo‘shin, samolyot yoki kemalar ajratadi. Britaniya rasmiylari potensial tinchlikparvar kontingentni "tinchlantiruvchi kuch" deb atamoqda. Bugun esa AQSh rasmiylari Rossiya rasmiylari bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga borgan.
🔹 Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Shara mamlakat xavfsizlik kengashini tuzish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu orada Kanada Suriyaga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni olti oyga vaqtincha yumshatishga qaror qildi va yangi gumanitar yordam uchun 84 million dollar ajratmoqchi.
🔹 Misrlik vositachilar Quddus va HAMASga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangilangan rejani taqdim etdi. Hujjat ikki oylik sulh, garovga olinganlarni bosqichma-bosqich ozod qilish va nihoyat urushni tugatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlashni nazarda tutadi.
🔹 Xalqaro sud Isroilning bosib olingan Falastin hududlari oldidagi majburiyatlari masalasi bo‘yicha tinglovlarni boshlaydi. Sudga turli davlatlar va xalqaro tashkilotlardan 45 ta ariza tushgan.
🔹 Ukraina Amerikaning ATACMS taktik raketalari zaxirasini tugatdi.
🔹Argentina politsiyasi Buenos-Ayresda hukumatning iqtisodiy siyosatiga qarshi namoyishni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, rezina o‘q va suv purkagichlardan foydalandi. Kamida 20 kishi yaralangan, 150 ga yaqin kishi hibsga olingan.
🔹 Kecha Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan zilzila natijasida 25 ta uy, 12 ta maktab, bolalar bog‘chasi va tibbiyot muassasasi zarar ko‘rgan, deb xabar bermoqda Respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi.
🔹 Havo sifatini nazorat qiluvchi Shveysariyaning IQAi kompaniyasi tahliliga ko‘ra, eng yuqori darajada havosi ifloslangan shaharlarning aksariyati Osiyoda ekan. O‘ta iflos havo Bangladesh, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi va Hindistonda. Ro‘yxatga Osiyodan tashqari yagona shahar sifatida Markaziy Afrikadagi Chada poytaxti kirgan.