Zelenskiy Rossiyaga G8 ga qaytish evaziga Qrimni “qaytarishni” taklif qildi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Facebook sahifasida agarda Rossiya Qrimni qaytarsa va Donbass mojarosiga chek quyishda ko‘maklashsa, yana “katta sakkizlik” (G8) a’zosi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
Shu bilan birga u Rossiya ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida jazoni o‘tayotgan ukrainaliklarni ozod qilishni taklif qildi. Uning fikriga ko‘ra, bunday harakatlar “Rossiyani, yuqori diplomatiya kengashi kun tartibida yana o‘z o‘rnini egallashga tayyorligi haqida dunyoga jiddiy ishora bo‘ladi”.
21 avgust kuni Fransiya diplomatik kengashidan olingan manbaaning xabariga ko‘ra, Makron amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan Rossiyani, ayni vaqtda “yettilik” bo‘lib turgan, “katta sakkizlik”ga qaytishi ehtimoli to‘g‘risida muhokama olib boradi.
20 avgust kuni Tramp Rossiyani “katta sakkizlik”ka qaytishini qo‘llab, bunday holat maqsadga muvofiq bo‘lardi deb fikr bildirgan edi. Bir kun oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G8 ga qaytishning imkoni yo‘q, chunki ayni vaqtda “sakkizlik” mavjud emas dedi.
“Yettilikni” so‘nggi yig‘ilishi 8-9 iyun kunlari Kanadaning Kvebek shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Tramp G8 formati (ya’ni Rossiya bilan birga) G7 dan ko‘ra muhimroq ekanligini bir necha bora ta’kidladi.
G8 formati 2014 yilda Qrim Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng tugatildi. Uyushma davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya, Yaponiya) Moskva bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi va sammitlarni G7 formatida o‘tkaza boshladi.