Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandga yil yakunigacha 80 ta elektrobus keltirilishi ma’lum qilindi

Joriy yilda viloyatda 20 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilib, 64 ta hududda avtobus bekatlari quriladi. Viloyat hududi bo‘ylab 238 ta yangi avtobus va mikroavtobuslar xarid qilinadi. Shu jumladan, Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Qo‘shrabot tumanlarida 18 ta yangi yo‘nalishlarga 47 ta avtobus qatnovi tashkil etiladi.

Bu haqda viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i I.Hamroyev xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida ma’lum qildi.

Yil yakuniga qadar 100 dona 8,5 metrlik avtobus va 80 dona elektrobuslar keltiriladi. Kelgusi yilda ham qo‘shimcha yana 100 dona elektrobuslar xarid qilinishi ko‘zda tutilgan.

Umuman, kelgusi besh yil davomida viloyat aholisiga jamoat transporti xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash, qishloqlarni tuman markazlari bilan bog‘lash maqsadida 47 ta yangi jamoat transporti yo‘nalishlari tashkil etilib, mahalla va qishloqlarda 89 ta bekat quriladi. Shuningdek, 478 ta yangi avtobus va mikroavtobuslar xarid qilish rejalashtirilgan.