Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fermer kutubxona qurdi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani kengashi deputati, OʻzLiDeP faoli Shavkat Mirzayev 2012 yildan buyon “Mirzayev Shuhrat Kenjayevich” fermer xo‘jaligiga rahbarlik qiladi.

2015 yildan ko‘p tarmoqliga aylantirilgan mazkur fermer xo‘jaligida hozirda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, issiqxona yo‘nalishlarida tadbirkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 20 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratilgan.

Sh.Mirzayev daromadlaridan fermer xo‘jaligi a’zolari hamda mahalladagi yakka yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan oilalar turmush tarzini yaxshilashga, o‘z mahallasi hududini obodonlashtirish kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatib keladi.

2018 yilda u tumanda kutubxona qurishga qaror qildi va yangi qurilgan yoshlar bog‘ida qariyb 230 kv metrni tashkil etadigan katta kutubxona barpo etdi.Unda elektron kutubxona, mumtoz adabiyot, ilmiy, badiiy adabiyot yo‘nalishlarida o‘quv zallari tashkil etish rejalashtirilgan.

– Bugun yurtimizda tadbirkorlar va ishbilarmonlarga katta imkoniyatlar yaratilganligi sabab men o‘zimni shu yo‘nalishda omadli inson sifatida kashf qildim, – deydi Sh.Mirzayev. – Ozmi, ko‘pmi xalqimga nafim tegishi kerak, deb o‘ylayman. Shu sababli tumanimizda kutubxona qurishga kirishdim. Ushbu maskan yoshlarimiz uchun ta’lim va tarbiya o‘chog‘iga aylansa, men maqsadga erishgan bo‘laman,

Kutubxona qurilishi ishlari yakunlanib, hozirda jihozlash boshlangan. Ziyo maskanini Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Baxtigul Qarshiyeva.