Qashqadaryoda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir darajada
- 09.04.2020 17:43
- 260
- O‘zbekiston
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan 6 nafar bemor davolanmoqda. Bemorlarning umumiy ahvoli hamon o‘rta og‘ir darajada.
Viloyat bo‘yicha jami 338 nafar fuqaro statsionar, 4918 nafar fuqaro uy sharoitida karantinda saqlanmoqda (8 aprel soat 18:00 holatida).
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha, 8 aprel soat 15:30 holatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili bo‘yicha Qashqadaryo viloyatidan jami 18 nafar shaxsda koronavirus infeksiyasi qayd etilganini ma’lum qilgan edi.
Teglar:
Qashqadaryo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
A’lochi o‘quvchilarga bepul yo‘llanma beriladi
- Kecha, 15:00
- Samarqand
Hayit xayr-baraka, ma’naviy yuksalish bayrami
- Kecha, 12:31
- Jamiyat