Samarqand tumaniga hokim tayinlandi

Bugun - 30 iyul kuni o‘tkazilgan xalq deputatlari Samarqand tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida vazifasidan ozod etilgan Shuhrat Jamolov o‘rniga Mavlonov Nosir Mamarasulovich Samarqand tumani hokimi etib tasdiqlandi.

1971 yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan N.Mavlonov 1996 yildan buyon soliq idoralarida faoliyat ko‘rsatgan. Shu paytgacha Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib, Samarqand tumanida islohotlarning borishini tanqidiy tahlil qildi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.