Urgutda “svet” yondi!

Avval xabar berganimizdek, Urgut tumanida yog‘ingarchiliklar keltirib chiqargan noqulayliklar oqibatida elektr energiyasi uzilgandi.

Urgut tuman elektr tarmoqlari korxonasidan bizga ma’lum qilishlaricha, kecha kechki payt noqulay ob-havo tufayli yuzaga kelgan muammolarning asosiy qismi bartaraf etilgan. Hozirgi holatda Urgut tumanining aksar hududlarida uzluksiz elektr energiya yetkazib berish tiklangan. Ba’zi bir murakkab hududlarda tuman ETK xodimlari ish olib borishmoqda va yaqin vaqtda u hududlarga ham uzluksiz elektr energiyasi uzatila boshlanadi.

Vaziyatni viloyat ETK bosh muhandisi Komil Oqilov Urgut tumaniga kelib nazorat qilmoqda.

Buni maxsus muxbirimiz ham tasdiqladi.