Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida erkak kishining jasadi topildi

Joriy yilning 12 iyun kuni  Samarqand shahridagi U.Jo‘raqulov va I.Karimov ko‘chalari kesishmasida joylashgan xiyobondagi archalar orasidan 55-60 yoshlardagi noma’lum erkak kishining tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi 30 yoshli Z.N. o‘zaro janjal oqibatida marhum M.N.ning yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida u boshi bilan yerga yiqilib jarohat olib, voqea joyida vafot etganligi aniqlanib, Z.N. qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.