Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

11 oyda 33 mingdan ortiq korxona ro‘yxatdan o‘tdi

2019 yilning 1 dekabr holatiga viloyatimizda ro‘yxatdan o‘tgan korxona-tashkilotlar 33228 ta bo‘lib, o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 27,7 foizga o‘sgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha nisbatan 24,7 foiz savdo, 19,1 foiz sanoat, 8,8 foiz qurilish, 7,7 foiz qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi, 7,6 foiz yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 3 foiz tashish va saqlash, 2,1 foiz sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, 1,6 foiz axborot va aloqa hamda 25,4 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati.