Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

20 yillik boshqaruvdan so‘ng Putin hokimiyati zaiflashdimi?

2019 yil 6 avgust juma kuni Rossiya prezidenti Boris Yelsin Vladimir Putinni bosh vazir etib tayinlaganiga 20 yil bo‘ldi. Bungacha Putin xavfsizlik xizmati boshlig‘i bo‘lib, siyosatda hech qanday tajribaga ega emasligi uchun juda mashhur bo‘lmagan edi, deb yozadi Human.uz.

O‘shanda ko‘pchilik oradan 20 yil o‘tsa hamki, bu inson hamon hokimiyatda bo‘lishi va dunyo siyosatida muhim rol o‘ynashini taxmin qilmagan bo‘lsa kerak. 

Ammo, Putinning hokimiyatga kelishining 20 yillik yubileyi Kreml yetakchisi uchun qiyin bo‘lgan vaziyatga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘sishdan to‘xtagan iqtisodiyot va insonlarning yomonlashayotgan yashash tarzi Putinning shaxsiyatiga putur yetkazmoqda.

Minglab inson qamoqqa olingan, Moskvada avj olayotgan norozilik namoyishlari ham Putinning boshqaruviga ma’lum bir miqdorda ishonchsizlik keltirmoqda, deyish mumkin.

G‘arbdagi do‘stlarning dushmanga aylanishi

Uning dastlabki prezidentlik yillarida Rossiyada kuchli iqtisodiy o‘sish kuzatildi va albatta, bunda Putinning o‘rni katta.

O‘sha paytlar Putin g‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor edi. Hatto, Putin birinchilardan bo‘lib 11 sentyabr fojeasidan so‘ng prezident Bushga qo‘ng‘iroq qilib hamdardlik bildirgan.

Reuters muxbiri Andryu Osbornning aytishicha, Afg‘onistondagi Tolibonlarga qarshi kurashish uchun Putin AQShga yordam bergan.

Ammo, 2004 yilda Ukrainada bo‘lgan revolyusiya Putinning munosbatini tamomila o‘zgartirib yubordi.

Kreml bu hodisani Rossiyaning Ukrainadagi ta’sirini kamaytirishga qaratilgan xorij davlatlarining rejasi deb ishondi. G‘arb davlatlarining Iroq masalasiga aralashishi vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.

2014 yil Rossiya Qrimni anneksiya qildi va natijada Rossiya G‘arbdan ajralib qolishiga olib keldi, lekin bu hodisa mamlakatda Putinning qullab-quvvatlanishini oshirdi va Kremlning tashqi siyosati to‘g‘ri ekanligiga ko‘pchilik ishondi.

Putinning yetakchiligi xususida savollar

Rus leberalchilari Putinning yetakchiligi borasida u hokimiyatga kelgandan beri shubhaga borishadi. Bunga Putin KGBdan chiqqanligi va bosh vazir sifatida Chechen separatchilariga qo‘llagan og‘ir choralari sabab qilib ko‘rsatiladi. 

Separatchilar aybdor deb topilgan portlashlar xususida ham savollar bisyor, ammo ko‘plar bu portlashlar atayin uyushtirilgan va bundan ko‘zlangan maqsad Chechenistonda harbiy harakatlarni yanada ko‘paytirish bo‘lgan deb taxmin qiladi.

Biroq ko‘pchilik Putinni Sovet Ittifoqi qulagandan so‘ng Rossiyaning qudratini qayta tiklagan inson sifatida ko‘radi.

Iqtisodiyotning pasayishi Putin uchun jiddiy muammomi?

Davlat iqtisodiyotining yomonlashuvi Putin uchun yomon xabar kabi bo‘ldi, deyish mumkin. 

2018 yil Putin prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. Siyosiy tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Putinning bu g‘alabasi Rossiyada boshqa munosib nomzod bo‘lmagani sababli erishilgan ekan.

Mutaxassis Konstantin Kalachev mulohazalariga ko‘ra, Putinning reytingi haqida turlicha fikr bildirish mumkin:

“Putinning reytingi bugungi kunda o‘tmishda bo‘lganiga nisbatan ancha o‘zgardi. Oldin Putinni ko‘pchilik qadrlagani, ardoqlagani uchun uning reytingi baland bo‘lgan, hozir esa prezidentlikka muqobil nomzodning o‘zi mavjud emasligi uchun shunday. Ammo odamlar loyiq nomzod qidirmoqdalar va shunday shunday yetakchi paydo bo‘lishi bilan Putinning reytingi pasayadi”.

O‘tgan yozda saylovlardan so‘ng yashash tarzidan qoniqmaslik oqibatida mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik harakatlari boshlandi. Ba’zi tadqiqotchilar Rossiya jamiyatidagi bunday norozilik holatlarini oldingilaridan farqli ravishda bo‘layotgani haqida gapira boshladi.

Kelajakda nima bo‘ladi?

Ekspertlarning aytishicha, 2024 yil uning prezidentlik vakolati tugagandan so‘ng ham Putin va uning jamoasi hokimiyatda qolish uchun yo‘l topadi.

Diyor Shomirzayev.