Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

21-27 mart kunlari Samarqandda teatr haftaligi o‘tkaziladi, spektakllar bepul namoyish etiladi

27 mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida bir hafta mobaynida eng sara spektakllar bepul namoyish etiladi.

Jumladan, 21 mart kuni “Bir o‘lib ko‘raychi”, 22 mart  “Mirzo Ulug‘bek”, 23 mart “Plach stepey” va “5 jyon Nasreddina”, 24 mart  “Na malaksan, na farishta” va “Imon”, 25 mart  “Niso xola” va “Ona”, 26 mart “Bo‘yoqchi” va “Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar” hamda 27 mart kuni “Teatr haqida tomosha” sahna asarlarini 15:00 va 18:00 da tomosha qilishingiz mumkin.