Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

27 mart holatiga dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi tarqalishi ko‘rsatkichlari

Bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 83 taga yetdi. 1 nafar fuqaroda o‘lim holati qayd etildi.

Dunyo bo‘ylab olib qaraganda:

Umumiy kasallanganlar soni – 523 926 nafarni,

Tuzalganlar soni – 124 387 nafarni,

O‘lim holatlari – 24 093 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirusga chalinganlar soni eng ko‘p AQShda qayd etilgan – 85 594 kishi. Bundan 1 300 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Xitoyda 81 340 nafar kasallanganlardan 3 292 kishi, Italiyada 80 595 nafar koronavirusga yo‘liqqanlardan 8 215 kishi hayot bilan vidolashgan.

So‘nggi kunlarda Ispaniyada hamda Germaniyada ham koronavirusga chalinish holati ko‘paygan – Ispaniyada 57 786 (4 365 o‘lim holati), Germaniyada 43 938 (267 o‘lim holati).