Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

33 yil stajga ega 57 yoshli abituriyent Nukus DPI musiqiy ta’lim yo‘nalishiga imtihon topshirdi

1962 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida tavallud topgan, 1986 yildan buyon To‘rtko‘ldagi 42-son umumta’lim maktabida musiqa fanidan dars berib kelayotgan Nuratdin Abdullayev 1 avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti musiqiy ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘limiga kirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonda ishtirok etdi, deb yozadi Human.uz.

- O‘rta ma’lumotliman. Nukusdagi san’at va madaniyat bilim yurtini tugatganman. Salkam pensiya yoshiga yetay deb qolgan bo‘lsam ham oliy ma’lumotli bo‘lish bir umrlik orzuim. Orzularim armon bo‘lib qolmasligi, shuningdek, zamon bilan hamnafas bo‘lish, bilimlarimni yuksaltirish maqsadida o‘qishga topshirdim, - deydi 57 yoshli Nuratdin og‘a Abdullayev.

Akkardion musiqa asbobida o‘zbek, qoraqalpoq, rus, hatto, hind musiqalarini ijro etgan Nuratdin og‘a hay’at a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.