Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 3 ming nafardan oshdi

Afg‘onistonda so‘nggi kecha-kunduzda koronavirus infeksiyasi bilan 330 nafar yangi kasallanish holati qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni uch ming nafardan oshdi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar berdi.

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 5 may holatiga mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 3224 nafarga yetgan. So‘nggi kecha-kunduzda 330 nafar yangi kasallangan aniqlangan. Shu bilan birga umumiy hisobda 421 nafar bemor tuzalgan va 95 nafar bemor vafot etgan.