Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Alimentchi otaning xorijga chiqish huquqi tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Sh.S.dan undiruvchi M.Q.ning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to u voyaga yetgunga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Urgut tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro hujjati davlat ijrochisining qaroriga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga yuborilgan. Shundan so‘ng ota o‘zi va yaqin qarindoshlari tomonidan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan.

Shu bilan birga davlat ijrochisining qaroriga asosan Sh.S.ning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi cheklangan.

Qarzdor Majburiy ijro byurosiga xorijga chiqish huquqini tiklash uchun murojaat qildi. Buning evaziga farzandi ta’minoti uchun to‘lovga tayyorligini bildirdi.

Shundan so‘ng u O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini qayta tiklash maqsadida farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar hisoblangan 12 mln. 958 ming so‘m aliment pullarini to‘ladi.

Majburiy ijro byurosi

Urgut tuman bo‘limi.