Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Alisher Usmonov Namanganda osmono‘par biznes markaz quradi

Taniqli tadbirkor va asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov  yordamida Namanganda 18-qavatli biznes-markaz quriladi. Bu haqda investitsiya forumda qatnashayotgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Bugun "Doing business with Namangan ­­-­ 2019" xalqaro investitsiya forumi o‘z ish faoliyati boshladi.

Tadbir boshlanishida Namangan viloyati investitsiya salohiyati haqida viloyati hokimi Hayrullo Bozorov  forum katnashchilariga ma’lumot berdi.

“Namangan shahrida Alisher Burxanovich yordamida qurilayotgan zamonaviy kongress zaliga ega, jahon talablariga javob beradigan  18-qavatli biznes-markaz to‘g‘risida ma’lumot berishdan xursandmiz”, - dedi Bozorov.

Namangan viloyati hokimining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Namangan viloyatida meva bog‘lari uchun 24 ming gektar maydon, shuningdek, uzumzorlar uchun 9 ming gektar maydon mavjud. O‘tgan yili 750 ming tonna sabzavot, 250 ming tonna meva, 107 ming tonna uzum ishlab chiqarilgan.

Tadbirda 40 ga yaqin davlatdan, 300 ga yaqin xorijiy kompaniya vakillari qatnashmoqda.

Forum doirasida 320 million dollarlik investitsiya shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.