Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Amerikalik rejissyor O‘zbekistonda “Olovuddin” filmini tasvirga oldi

Amerikalik rejissyor Devid Grem Xiva shahridagi Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasida yangi qisqa metrajli “Olovuddin” filmining s’yomkalarini o‘tkazdi.

Filmda Xiva hamda Buxoro shaharlarining YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari namoyish qilingan.

Film tarixiy janrda suratga olingan bo‘lib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bosh rolni ekstremal aktyor Kalen Chan ijro etdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, film premerasi tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Film s’yomkalari Buxoroda ham o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: Devin Grem – YouTube’ning devinsupertramp kanalida sarguzashtlar va sportning ekstremal turlari haqida videoroliklar yaratuvchi amerikalik videorejissyor. Uning kanali 5 milliondan ziyod obunachiga ega bo‘lib, 950 million martadan ortiq ko‘rilgan.