Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQShda olmaxon vabo bilan kasallandi

AQShning Kolorado shtatida vabo bilan kasallangan olmaxon aniqlandi. Bu haqda Jeferson okrugi sog‘liqni saqlash departamenti bayonotida xabar qilindi.
“11 iyul, shanba kuni Morrison shahrida topilgan olmaxonning tahlili u vabo bilan kasallanganini ko‘rsatdi”, deb ma’lum qildi shtat ma’muriyati.

Bir necha kun ilgari Xitoy va Mo‘g‘uliston hududlarida qora o‘lat (vabo) holatlari qayd etilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Mo‘g‘ulistonda qora o‘lat oqibatida 15 yoshli o‘smir yigit vafot etgani haqida ham xabar qilgandik.