Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtomobil portlatilishi oqibatida Damashq muftiysi halok bo‘ldi

Suriya poytaxti Damashq muftiysi shayx Adnan Al-Afyun terror qurboni bo‘ldi. Uning avtomobiliga o‘rnatilgan portlovchi vositaning harakatga kelitirilishi oqibatida u halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti nashriga vaqflar vazirligi departamenti direktori shayx Xazer Shaxrur ma’lum qildi.

Voqea tafsilotlari haqida berilgan savolga javob berib, shayx Xazer Shaxrur avtomobil Damashq yaqinidagi Qudsiya shahrida joylashgan Al-Saxara masjidi yonida portlatilganini ma’lum qildi.

“Shayx Al-Afyun vatanni himoya qilib, shahid sifatida halok bo‘ldi. Terrorning yuzi shunaqa”, deb qo‘shimcha qildi Shaxrur.