Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ayollarga himoya orderlari beriladi

Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi, deb yozmoqda human.uz.

Hujjat ayollarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan harakatlarni tartibga soladi. Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasida tazyiq, zo‘ravonlik atamalariga izoh beriladi hamda zo‘ravonlikning 4 turi ko‘rsatiladi. 

Shuningdek, zo‘ravonlik profilaktikasi uchun himoya orderlarining joriy etilishi belgilangan. Order - ayolga tazyiq o‘tkazayotgan yoki unga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga Qonunda belgilangan ta’sir choralarini qo‘llashga sabab bo‘luvchi hujjatdir, deyiladi qonun loyihasida.

Normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirilgan qonun loyihasi yuzasidan takliflar 21 mayga qadar qabul qilinadi.