Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Belarus sanksiyalar tufayli xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan tahdid qildi

Belarus o‘zining xalqaro tashkilotlardagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ma’lum qildi.

Makeyning so‘zlariga ko‘ra, agar Belarusni shunga majbur qilishsa,  qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir qator “mutlaqo keskin choralar” mavjud.

“Biz Belarus ishtirokisiz faoliyati samarasiz bo‘lgan, bir qator tashkilotlardagi ishtirokimizni qayta ko‘rib chiqishimiz mumkin”, dedi Belarus tashqi ishlar vaziri.

17 sentyabr kuni Yevropa kengashi Belarusda o‘tkazilan saylov natijalarini qalbakilashtirishda va mamlakatdagi zo‘ravonliklarga javobgar bo‘lgan Aleksandr Lukashenko va boshqalarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini qo‘lladi. So‘nggi qarorni Yevropa ittifoqi kengashi qabul qiladi.