Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bir kunda 9 ming tonnadan ortiq paxta terib olindi

Shu kunlarda viloyatimizda paxta yig‘im-terimi ayni avj pallaga kirdi.
Samarqandlik paxtakorlar joriy yilda 75 ming 500 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlab, 215,5 ming tonnalik “oq oltin” xirmoni yaratishni maqsad qilishgan.

Viloyat paxta terim monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, dalalarimizda yetishtirilgan hosilni terib olish uchun ixtiyoriy ravishda 123 mingdan ortiq terimchi tomonidan bir kunda 9 ming 136 tonna paxta xomashyosi terib olindi. Joriy yil 5 oktyabr holatiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha salkam 50 ming tonna paxta xirmoni yaratildi.