Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Biznes yanada yaxshilanadi, tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanadi

Prezidentimizning 2019 yil 20 noyabrda “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi. Mazkur qaror asosida viloyat hokimining ham qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, shu jumladan, ob’yektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanishi hamda bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Boshqarma, idora, tashkilot rahbarlari hamda shahar, tumanlar hokimlari Konstitutsiyaning 53-moddasi hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga so‘zsiz rioya qilishlari shartligi haqida ogohlantirildi.