Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

BMT 27 mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari inqirozi xavf ostida qolayotganini ma’lum qildi

BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Jahon oziq-ovqat dasturi (JOD) taqdim etgan yangi hisobotda koronavirus pandemiyasi sababli oziq-ovqat inqirozi xavf solayotgan 27 davlatni ma’lum qildi. Bu haqda FAO press-relizida ma’lumot berildi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi ushbu mamlakatlarda ko‘zatilayotgan ochlik omilini yanada jiddiy ko‘rinishga olib kelgan. Ro‘yxatdan Osiyo, Markaziy Amerika, Yaqin Sharq, Afrika davlatlari joy olgan. Misol uchun, Afg‘onison, Bangladesh, Efiopiya, Gaiti, Serra-Leone, Soiali, Yaman, Zimbabve va hokazo.

FAO Bosh direktori Syuy Dun’yuyaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar oldindan oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekib kelayotgandi.

“Endilikda ular ochlik va sog‘liqni saqlash inqiroziga duchor bo‘lyapti va koronavirusning oziq-ovqat tizimiga ko‘rsatgan salbiy ta’sirini old qatorlarda his qilmoqda hamda COVID-19 ning barcha vayronkor jihatlarini o‘zlariga olmoqda”, deya ta’kidladi Dun’yuya.

Mazkur holatga qarshi chiqish maqsadida FAO, BMTning  COVID-19 pandemiyasi davridagi global insonparvarlik rejasi doirasida ko‘rsatiladigan yordamni 428,5 million AQSh dollariga oshirilganini e’lon qildi.

Shuningdek, FAO Bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, agar hoziroq va zaruriy ko‘lamda harakat qilinsa, o‘n yillab davom etishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat inqirozining oldini olish imkoni mavjud.