Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

BMT Xavfsizlik kengashi Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi

BMT Xavfsizlik kengashi (XK) Tog‘li Qorabog‘ hududida keng qamrovli jangovar harakatlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risidagi xabarlardan chuqur xavotirda ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda BMT XK raisi Abdu Abarri ta’kidladi.

“Ular (XK a’zolari) kuch ishlatilayotganligini qat’iy qoraladi va odamlar o‘limidan qattiq afsusda ekanliklarini bildirdilar”, dedi Abarri.
BMT XK Ozarbayjon va Armanistonni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va oldindan shart qo‘ymasdan muzokaralar olib borishga chaqirdi.