Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Brilliant qo‘l” filmi haqida qiziqarli faktlar

1 .Film hodisasi qisman real voqeaga asoslangan: film g‘oyasi, ssenariy muallifi Yakov Kostyukovskiy gazetada Shveysariya kontrabandachilari qimmatbaho taqinchoqlarni gipsda olib o‘tishga harakat qilishganligi haqidagi xabarni o‘qiganidan so‘ng paydo bo‘lgan.

2. Bosh rolga Yuriy Nikulin hech shubhasiz tasdiqlangan (ssenariy ham unga moslab yozilgan). Gesha roliga esa Gayday Vitsinni taklif qilmoqchi bo‘lgan, biroq natijada tavakkal qilib Andrey Mironovni bu rolga taklif qilgan. Darvoqe, filmda Nikulinlar oilasining boshqa a’zolari ham ishtirok etishgan: rafiqasi Tatyana ekskursiyachi ayol rolini ijro etgan, o‘g‘li Maksim esa – “suv ustida yurgan” bola rolini ijro etgan.

3. Tasvirga olish jarayonida har doim xavfsizlik xizmati (KGB) kapitani navbatchilik qilgan, u kerakli vaqtda rejissyor ishini to‘xtatgan va bo‘lgan ishlar haqida boshqarmaga bayonot bergan. Natijada film 44 marta Goskino (Davlat kino boshqarmasi) tomonidan o‘zgartirilgan.

4. Sahna ko‘rinishlarining bir qismi kesib tashlangan, ayrim iboralarga esa qayta ovoz berilgan. Masalan, Nonna Mordyukova personaji: “Bilasizmi, agar ertaga eringiz yashirincha sinagogga (yahudiylar ibodatxonasi) borayotgani aniqlansa, hayron qolmayman” – degan joyini “ma’shuqa”ga o‘zgartirishgan, agar lablarga e’tibor qilsak “sinagog” deyilganini aniqlasa bo‘ladi.

5. Gayday Goskino komissiyasiga boshqa lavhalar ham yoqmasligini bilardi, shuning uchun film oxiriga ataylab dengizdagi yadroviy portlash sahnasini qo‘shib qo‘ydi. Va senzurlarga portlash sahnasidan tashqari, xohlagan sahnalarini kesib tashlashi mumkinligini ta’kidladi. Ular filmning boshqa sahnalariga teginmaslikka, faqat portlash sahnasini kesib tashlashga rozi bo‘lishdi. Rejissyorning hiylasi ish berdi.

6. Gorbunkovning o‘g‘li Geshaga muzqaymoq otgan sahnada, tvorogdan foydalanilgan. U yaxshiroq “yopishardi”.

Bekzod Musurmonov tarjimasi.