Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chegarada 100 ming dollarni olib ketayotgan chet ellik ushlandi

Jizzaxda yirik miqdordagi xorijiy valyutani mamlakatdan olib chiqib ketayotgan chet el fuqaro to‘xtatildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“Qo‘shkent” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun kirib kelgan xorijlik fuqaro I.E. boshqaruvidagi “Opel Astra” avtoulovi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs deklaratsiya ko‘rsatmasida va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, 100 ming 500 AQSh dollarini yashirgan holda qo‘shni mamlakatga olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.