Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fransiyada hibsga olingan tennischilardan biri o‘zbekistonlikmi?

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Fransiyada qo‘lga olingan ikki nafar tennischi, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Xabarda qayd etilishicha, qo‘lga olingan Albina Xabibulina 2017 yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmaydi.

Avvalroq Fransiyada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik tennischi Albina Xabibulina va Kseniya Palkinaning qo‘lga olingani, ular kelishilgan o‘yinlarda gumonlanayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.