Samarqandda tennis bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazilmoqda
- 26.04.2023 12:03
- 125
- Sport
Samarqand shahridagi “Dinamo” tennis kortida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida tennis bo‘yicha “ITF World Tennis Juniors” xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiruvchi turnir o‘tkazilyapti.
Musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus,Turkiya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 130 nafarga yaqin tennischilari bellashmoqda.
Ishtirokchilar yakkalik va juftlik bahslarida bellashadi va g‘oliblar xalqaro reyting ochkolariga ega bo‘ladi.
Turnirning final bahslari 30 aprelda o‘tkaziladi.

Teglar:
tennis
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Temuriylar davrining buyuk me’mori
- 1 soat avval
- Madaniyat
Ҳаётни сақлаб қолган билим: Мансурнинг ҳикояси
- Bugun, 14:13
- Jamiyat