Iroda To‘laganova xalqaro tashkilotning mas’uliyatli lavozimiga tayinlandi
- 02.12.2019 17:49
- 180
- Sport
Hindistonning Bangalor shahrida Osiyo tennis federatsiyasi direktorlar kengashining an’anaviy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish davomida tashkilot uchun yangi rahbariyat saylash kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala bo‘ldi.
Ahamiyatlisi, ovoz berish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining direktorlar kengashidan joy oldi. Tailandlik Kitsombat Yeuammangkol esa tashkilotning yangi rahbari sifatida saylandi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Iroda To‘laganovaning yangi va shu bilan birga, yana bir mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etib, kelajakdagi faoliyatida omad tilaydi.
Teglar:
tennis