Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindistonlik professor SamDU talabalariga musiqa asboblari sovg‘a qildi

Hindistonning Dehli davlat universiteti professori Rapindor Gargesh Samarqand davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Rapindor Gargesh O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi aloqalarning tarixiy ildizi, Boburiylar davri madaniyati, xususan, ikki davlatning sanatining yaqinligi va o‘xshashliklari xususida gapirdi.

- O‘zbek musiqasini tinglasam rohatlanaman, - dedi professor. - Bugun talabalarning doirada ijro etgan kuylari qalbimni larzaga soldi.

Hindistonlik olim universitetning san’atshunoslik fakultetiga sitor, hind rubobi, tanbur va nay kabi musiqa asboblarini sovg‘a kildi.

Bundan mamnun bo‘lgan fakultet talabalari hind musiqa asboblarida kuylar ijro etdi.

To‘lqin SIDDIQOV.