Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hojilarga bir million dona sim-karta va bepul internetdan foydalanish taklif etiladi

Bu yilgi haj mavsumida Saudiya Arabistoni hojilarga tuhfa tariqasida 1 million sim-karta va bepul internetdan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Bu haqda Arabnews xabar berdi, deb yozmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyiha hojilarga xizmat ko‘rsatish dasturining bir qismi bo‘lib, ularga haj mavsumini xotirjam o‘tkazishlari uchun oila a’zolari va yaqinlari bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi. Haj mavsumi davomida maxsus guruh ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadi.