Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyiga test sinovlari bo‘lib o‘tdi

16 sentyabr kuni Samarqand shahar “Lokomotiv” stadionida Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyiga 2020-2021 o‘quv yili uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihonda 770 nafar 9-sinf bitiruvchilari qatnashdi, 9 nafari kelmadi. Abituriyentlarga Davlat test markazi tomonidan tarix, ona tili va adabiyot, chet tili fanlaridan tuzilgan test savollarini yechish topshirildi. Test savollarini bajarishga 1 soat 50 minut vaqt berildi.

Ushbu akademik litseyga joriy yilning fevral oyidan may oyiga qadar arizalar qabul qilindi va 1155 nafar talabgordan hujjatlar olindi. Talabgorlardan bosqichma-bosqich imtihon olinadi. Shu bois dastlab abituriyentlar psixologik test topshirdi, so‘ngra tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Keyin ular diktant va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan mashqlar topshirdi. Natijada, 1155 nafar abituriyentdan 779 nafari saralab olindi.

Test sinovlari natijalari e’lon qilingach, akademik litseyga 220 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinadi.

Xurshida ERNAZAROVA.