Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV: Yolg‘on, fitna va bo‘htonlarga ishonmang!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati xabar berishicha, keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi mazmundagi yolg‘on xabarlar keng tarqalmoqda.

"Bu kabi xabarlar, fuqarolar orasida vahima va davlat organlariga ishonchsizlik uyg‘otish maqsadida o‘ylab topilayotgan bo‘hton hisoblanadi", deyilgan xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bu kabi masalalarga oid xabarlarni tarqatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik o‘zining Youtube, Telegram, Instagram, Facebook, Mover, VKontakte, Odnoklassniki, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardagi, shuningdek, vazirlikning tarkibiy yoki hududiy tuzilmalarining rasmiy sahifalari hamda boshqa OAV orqali murojaat qilinishi so‘ralgan.