Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Insoniyatga suv tanqisligi tahdid solyapti

Nosoz jumrakdan bir kunda 24 litr tomchilasa, ochiq jumrakdan 150 litr suv isrof bo‘ladi. Bu raqamlarni kun va haftalarga ko‘paytirsakchi? Afsuski, insonlarning beparvoligi tufayli bebaho ne’mat behuda isrof qilinyapti.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo mintaqasidagi  ekologiya markazi va uning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda “Suvchi” jamoat birlashmasi tomonidan Samarqand shahrida viloyatdagi geografiya, biologiya fanlari o‘qituvchilari va OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida shu jihatga e’tibor qaratildi.  

- Keyingi yillarda Samarqand viloyatida maishiy va sanoat chiqindilarining oshib borayotgani kuzatilmoqda, - deydi “Suvchi” jamoat birlashmasi direktorlar kengashi raisi T.Majidov. - Masalan, viloyatda qattiq maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishi 10 foizdan ortgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent hamda Namangan viloyatidan keyingi o‘rinda turadi. Undan tashqari, iqlim o‘zgarishi oqibatida sun’iy va tabiiy suv zaxiralarining kamayib borayotgani, hududlarda issiqlik darajasi oshayotgani tufayli muzliklar erib, suvning parlanishi ko‘paymoqda. Demak, bu bebaho ne’matni vaqtida qadrlamasak, yaqin yillar ichida insoniyat suv tanqisligiga uchrashi mumkin.

Husan ELTOYeV.