Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etildi

Prezidentimizning 2019 yil 11 sentyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etildi.

Agentlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Shu bilan birga, agentlikka iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, uni buzgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish uchun sudga murojaat qilish kabi huquqlar berildi.

Shuningdek, agentlik chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovar va xizmatlarning nazorat xaridini o‘tkazishi, ularni ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil qiladi. Agentlikning hududiy boshqarmalari sudga kiritiladigan da’volarda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.