Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jizzaxda koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi

Bugun Namangan viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi.

Namanganda sog‘ayganlarning 1 nafari erkak, 3 nafari ayol. Eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichiga 31 yoshda. Viloyatda tuzalganlar soni 61 nafarga yetdi.

Shuningdek, 33 yoshli va 31 yoshli jizzaxlik bemorlar ham butunlay sog‘aydi. Avvalroq viloyatda 1 nafar fuqaro sog‘ayib chiqqan edi. Endilikda ushbu ikki nafar bilan viloyatdagi koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘ayib chiqishdi.

CCV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 810 nafarga yetdi.